REAKTIV.UZ

Fosfat kislota

H3PO4

Formula
H3PO4
Molyar massa
97.99 g/mol
Turi
Kislota
Tashqi ko'rinishi
Rangsiz kristall modda; sotuvda rangsiz, siropsimon suyuqlik (85 foizli eritma)
Boshqa nomlari
Ortofosfat kislota, fosfor kislotasi
Maktabda
8-sinf

Xossalari

O'rtacha kuchli uch negizli kislota; suvda istalgan nisbatda eriydi va oksidlovchi xossaga ega emas. Uch xil tuz hosil qiladi: digidrofosfatlar, gidrofosfatlar va fosfatlar. Fosfat ionlari kumush nitrat bilan sariq cho'kma (Ag3PO4) beradi.

Qo'llanilishi

Fosforli o'g'itlar ishlab chiqarishda, oziq-ovqat sanoatida (E338, gazli ichimliklar) va metall sirtidagi zangni ketkazishda ishlatiladi.

Xavfsizlik

Konsentrlangan eritmasi teri va ko'zni kuydiradi; qo'lqop va ko'zoynakda ishlang.

Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.

Kislotalar — boshqa reaktivlar

Sirka kislota

CH3COOH · 60.05 g/mol

Karbonat kislota

H2CO3 · 62.02 g/mol

Sulfit kislota

H2SO3 · 82.08 g/mol

← Kislotalar