REAKTIV.UZ

Natriy xlorid

NaCl

Formula
NaCl
Molyar massa
58.44 g/mol
Turi
Tuz
Tashqi ko'rinishi
Oq kristall modda, hidsiz, sho'r ta'mli
Boshqa nomlari
Osh tuzi, tosh tuz, galit
Maktabda
8-sinf, 9-sinf

Xossalari

Suvda yaxshi eriydi (20 °C da 100 g suvda taxminan 36 g), 801 °C da suyuqlanadi. Eritmasi neytral muhitga ega. Kumush nitrat bilan oq cho'kma hosil qiladi: NaCl + AgNO3 → AgCl↓ + NaNO3.

Qo'llanilishi

Ovqatga solinadi va konservalashda ishlatiladi; sanoatda elektroliz orqali undan natriy gidroksid va xlor olinadi. Tibbiyotda undan 0,9 foizli fiziologik eritma tayyorlanadi.

Xavfsizlik

Kam xavfli modda, ammo laboratoriyadagi tuzni hech qachon tatib ko'rmang.

Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.

Tuzlar — boshqa reaktivlar

Kaliy xlorid

KCl · 74.55 g/mol

Kalsiy xlorid

CaCl2 · 110.98 g/mol

Magniy xlorid

MgCl2 · 95.21 g/mol

← Tuzlar