Chumoli kislota
HCOOH
Xossalari
To'yingan bir negizli karbon kislotalarning eng kuchlisi; suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Molekulasida aldegid guruhi borligi uchun qaytaruvchi: «kumush ko'zgu» reaksiyasini beradi. Konsentrlangan sulfat kislota ta'sirida uglerod(II) oksid va suvga parchalanadi.
Qo'llanilishi
Teri oshlashda va gazlamalarni bo'yashda ishlatiladi. Silos uchun konservant, asalarichilikda esa varroa kanasiga qarshi vosita sifatida qo'llaniladi.
Xavfsizlik
Teri va ko'zni kuchli kuydiradi, bug'i zaharli va yonuvchan; mo'rili shkafda, qo'lqop va ko'zoynakda ishlang.
Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.
Kislotalar — boshqa reaktivlar
Oksalat kislota
H2C2O4 · 90.03 g/mol
Limon kislota
C6H8O7 · 192.12 g/mol
Benzoy kislota
C6H5COOH · 122.12 g/mol