REAKTIV.UZ

Limon kislota

C6H8O7

Formula
C6H8O7
Molyar massa
192.12 g/mol
Turi
Kislota
Tashqi ko'rinishi
Oq kristall kukun, hidsiz, nordon ta'mli
Boshqa nomlari
Sitrat kislota, E330
Maktabda
10-sinf

Xossalari

Uch negizli organik kislota; suvda yaxshi eriydi. Limon, apelsin va boshqa sitrus mevalarda ko'p bo'ladi. Karbonatlar bilan karbonat angidrid ajratadi va metall ionlari bilan barqaror komplekslar hosil qiladi.

Qo'llanilishi

Oziq-ovqat sanoatida nordonlashtiruvchi va konservant (E330) sifatida, choynak va kir yuvish mashinasidagi quyqani ketkazishda ishlatiladi. Laboratoriyada bufer eritmalar tayyorlashda qo'llaniladi.

Xavfsizlik

Kam xavfli, lekin kukuni ko'zni kuchli ta'sirlantiradi; ko'zga tushsa, ko'p suv bilan yuving.

Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.

Kislotalar — boshqa reaktivlar

Benzoy kislota

C6H5COOH · 122.12 g/mol

Sut kislota

C3H6O3 · 90.08 g/mol

Askorbin kislota

C6H8O6 · 176.12 g/mol

← Kislotalar