Xlorid kislota
HCl
Xossalari
Kuchli bir negizli kislota; konsentrlangan eritmasi (36–38%) havoda tutaydi. Faol metallar bilan vodorod ajratadi: Zn + 2HCl → ZnCl2 + H2↑. Kumush nitrat bilan oq cho'kma (AgCl) hosil qiladi — shu reaksiya bilan xlorid ioni aniqlanadi.
Qo'llanilishi
Metall sirtini tozalashda, tuzlar olishda, ichimlik suvini tozalash va uning pH qiymatini rostlashda ishlatiladi. Laboratoriyada eng ko'p qo'llaniladigan kislotalardan biri. Oz miqdorda odamning me'da shirasida ham bor.
Xavfsizlik
Himoya ko'zoynagi va qo'lqopda, mo'rili shkafda ishlang; bug'ini hidlamang. Teriga tushsa, ko'p suv bilan yuving.
Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.
Kislotalar — boshqa reaktivlar
Sulfat kislota
H2SO4 · 98.08 g/mol
Nitrat kislota
HNO3 · 63.01 g/mol
Fosfat kislota
H3PO4 · 97.99 g/mol