Etilenglikol
C2H4(OH)2
- Formula
- C2H4(OH)2
- Molyar massa
- 62.07 g/mol
- Turi
- Organik modda
- Tashqi ko'rinishi
- Rangsiz, hidsiz, shirintob ta'mli quyuq suyuqlik
- Boshqa nomlari
- Etandiol-1,2, glikol
- Maktabda
- 10-sinf
Xossalari
197 °C da qaynaydi, suv bilan istalgan nisbatda aralashadi; suvli eritmalari past haroratda muzlaydi. Ikki atomli spirt: yangi cho'ktirilgan mis(II) gidroksid bilan to'q ko'k eritma hosil qiladi.
Qo'llanilishi
Avtomobillar uchun antifriz (muzlamaydigan sovituvchi suyuqlik) va tormoz suyuqliklari tarkibida ishlatiladi. Sanoatda undan PET (polietilentereftalat) plastmassasi va tolasi olinadi.
Xavfsizlik
Yutilsa zararli: buyraklar va asab tizimini shikastlaydi, ko'p miqdori o'limga olib kelishi mumkin. Shirin ta'mi tufayli bolalar uni ichib qo'yishi mumkin, shuning uchun uni bolalar qo'li yetmaydigan joyda, yorliqli idishda saqlang.
Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.
Organik moddalar — boshqa reaktivlar
Stearin kislota
C17H35COOH · 284.48 g/mol
Olein kislota
C17H33COOH · 282.47 g/mol
Palmitin kislota
C15H31COOH · 256.42 g/mol